O‘quvchi qizlar o‘rtasidagi janjalga rasmiy munosabat bildirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida yuz bergan janjal aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lgan mazkur janjal Mirzaobod tumani 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hovlisida sodir bo‘lgan.

Joriy yilning 25 yanvarida umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari G.P. (qiz bola) va R.M. (qiz bola) ning o‘zaro kelishmovchilik oqibatida tortishuvi janjalga sabab bo‘lgan. Bu vaqtda janjallashayotgan o‘quvchi qizlarni shu sinf o‘quvchisi K.Z. (o‘g‘il bola) tomonidan telefon kamerasida videotasvirga olingan hamda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborilgan.

Janjallashgan qizlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, maktab ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi va xulq-atvori doimiy nazoratga olingan.

Shu bilan birga, maktabda tarbiya jarayoni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, o‘quvchilarni maktabdan tashqari band qilish ishlarida kamchiliklar mavjudligi aniqlanib, maktab direktori va direktorning ma’naviyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga tegishlicha intizomiy chora ko‘rilgan.

O‘quvchilarning ota-onalari farzand tarbiyasidagi o‘z majburiyatlarni yetarli darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq jarimaga tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab janjal Sirdaryo

Baholaganlar

452

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing