O‘qituvchilarga vaqtinchalik to‘xtatilgan ustamalar 1 yanvardan to‘lanadi
Jamiyat
−
21 yanvar 2021
7439Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 16 apreldagi 232-son bilan va 2020 yil 21 sentyabrdagi qarorlariga asosan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 1 yanvarga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turilgan edi.
Bugungi kunda ayrim hududlarda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanishi lozim bo‘lgan ustamalar hisoblanmayotganligi yuzasidan noroziliklar yuzaga kelmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi mazkur noroziliklarga munosabat bildirib, 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab mazkur ustamalarni to‘lanmasligi yuzasidan hech qanday ko‘rsatmalar berilmaganini ma’lum qildi.
Vaqtinchalik to‘xtatilgan ustamalar Ishchi guruhlarining 2020 yil 1 iyulga qadar qabul qilgan qarori va direktorning buyrug‘i asosida 2021 yil 1 yanvardan boshlab o‘rnatilgan tartibda to‘lab beriladi.
Xalq ta’limi vazirligi barcha hududiy xalq ta’limi bo‘linmalariga pedagog xodimlarning oylik ish haqiga ustamalar to‘lanishini 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshirilishini, ustamalarni to‘lashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan tegishli mas’ullarga nisbatan intizomiy chora ko‘rishni qat’iy nazoratga olishni so‘ragan.
LiveBarchasi