O‘qituvchilar maoshini oshirish bo‘yicha yangi tizim ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori ish haqi to‘lash tizimini joriy qilish rejalashtirilyapti. Bu haqda “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturida nazarda tutilgan.

2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada:

•    pedagogik mahorat va malaka darajasini tasdiqlash bo‘yicha kasbiy sertifikatsiya tizimini joriy qilish;

•    birinchi va oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik ish haqini malaka toifasiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga nisbatan oshirib borish amaliyotini joriy etish va oylik ish haqi o‘rtasidagi farqlarni kengaytirish nazarda tutiladi.

Mas’ullar – Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh o'qituvchi

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing