O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun “Maktab” tarif rejasi joriy qilinadi

Jamiyat

image

Ma’lumki, joriy yilning 14 sentyabridan boshlab O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim maktablari ham onlayn, ham an’anaviy tartibda ish boshlashi kutilmoqda. Masofaviy ta’lim oluvchilar uchun qanday qulayliklar yaratish uchun qanday ishlar olib borilmoqda?

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Ahmatov shu yo‘nalishdagi ishlar haqida ma’lumot berdi.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikadagi 10 minga yaqin xalq ta’limi muassasalarining barchasiga optik tolali aloqa liniyalarini qurish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Karantin rejimi e’lon qilingan vaqtdan boshlab o‘quvchilarga uydan bemalol fanlarni o‘zlashtirish uchun barcha mahalliy tarmoq va mobil operatorlari tomonidan ta’lim axborot-resurslari joylashtirilgan veb-saytlarga bepul kirish ta’minlangan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda 3 ta televizion kanal tashkil etildi. Ushbu kanallar orqali televizion videodars mashg‘ulotlarini respublika bo‘yicha bepul tarqatish yo‘lga qo‘yildi.

Masofaviy ta’lim berishda ustoz va murabbiylar uchun mobil aloqa xizmatlaridan qulay shartlarda foydalanish uchun maxsus “Ta’lim” tarif rejasi joriy etilgan. Hozirgi kunda ushbu tarif rejasiga yanada ko‘proq qulayliklar kiritilmoqda.

“Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan selektor yilishida belgilab berilgan topshiriqlari asosida masofaviy ta’lim uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida alohida imtiyozli “Maktab” tarif rejasi ishlab chiqilib, xozirda joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda”, deydi Sherzod Ahmatov.

Uning ta’kidlashicha, yil boshidan bugungi kunga qadar internet tarmog‘iga keng polosali ulanish imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida 9 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurildi. Qurilgan optik tolali aloqa liniyalarining asosiy qismi ijtimoiy soha ob’ektlari uchun tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'qituvchi

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing