XTV: O‘qituvchi o‘quvchini urgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Jamiyat
−
04 Dekabr 2019 8655 1 daqiqa
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi o‘quvchini urgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari videodagi holatda o‘quvchini aybdor deb hisoblashi haqida fikr bildirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi mazkur videoga rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bu holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlagan. O‘rganish natijalariga ko‘ra boshqarma qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr