O‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan imtihonidan qolib ketganlarga qayta test qachon bo‘lishi aytildi

Jamiyat

image

2020/2021 o‘quv yiliga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020 yil 14-15 oktyabr kunlari onlayn test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Onlayn test sinovlari o‘tkaziladigan manzil va aniq vaqti onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun beriladigan “ruxsatnoma”da qayd etiladi.

Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar “ruxsatnoma”larni joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 12:00 dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.

Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga o‘z vaqtida fuqarolik pasporti (asli) hamda shaxsiy kabinetiga yuborilgan “ruxsatnoma” bilan kelishlari talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

135

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing