O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalariaro talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

•    talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

•    davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Ma’lumot o‘rnida, xorijiy mamlakatlar hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish amaldagi tartibga muvofiq tashkil etiladi.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining vakolatlari kengaymoqda. Jumladan, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing