Uill Smit, Jessika Chesteyn va Jeyn Kempion... “Oskar” g‘oliblari aniqlandi
Madaniyat-san’at
−
28 mart 2022 9353 1 daqiqa
Amerika vaqti bilan kecha, 27 mart kuni Los-Anjeles shahrida “Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ABC tomonidan translyatsiya qilindi.
94-marta o‘tkazilgan tantanali marosim natijalari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
• Eng yaxshi film – “CODA: kar ota-onalarning farzandi”;

• Eng yaxshi aktyor – Uill Smit (“Qirol Richard”);

• Eng yaxshi aktrisa – Jessika Chesteyn (“Temmi Feyning ko‘zlari”);

• Eng yaxshi rejissyor – Jeyn Kempion (“Itning kuchi”);

• Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor – Troy Kotsur (“CODA: kar ota-onalarning farzandi”);
• Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa – Ariana DeBos (“G‘arb tomon hikoyasi”);
• Eng yaxshi original ssenariy – Kennet Brana (“Belfast”);
• Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy – Sian Xeder (“CODA: kar ota-onalarning farzandi”);
• Eng yaxshi animatsion film – “Enkanto”;

• Eng yaxshi xorijiy film – “Mashinam ruliga o‘tir” (Yaponiya).

Live
Barchasi