O‘g‘liga qo‘shilib Dubay Amiri ham O‘zbekistonga kelgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 13 oktyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahriga kelgani haqida xabar bergan edik. 

Shahzodaga qo‘shilib uning otasi BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum ham O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov Instagram’dagi sahifasi orqali ochiqladi. 

Otabek Umarovning so‘zlaridan anglashilishicha, ikki tomon o‘zaro biznes hamkorlikni rivojlantirmoqda va bu boradagi qarashlar ham mushtarak. Jumladan, Otabek Umarov shunday yozadi: 

"Xalqimizga xos azaliy fazilatlardan biri shuki, hatto, biznes munosabatlaridayam o‘zaro do‘stona ishonch saqlanib qolishi kerak. Birlashgan Arab Amirliklaridan tashrif buyurgan mehmonlarimiz bilan uchrashuvimiz do‘stona, o‘zgacha ruhda o‘tganining boisi ham shundadir, balki. ⠀
Muloqot davomida O‘zbekiston va Arab Amirliklarining ko‘p masalalarda maqsad va  qarashlari o‘xshash ekanligiga yana bir marta guvoh bo‘ldim. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasida barcha sohalarda o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga mustahkam zamin yaratadi. ⠀

Umid qilaman, bu kabi tashriflar muntazamlik kasb etib, respublikamizning tashqi iqtisodiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi".

O‘zbekistonda mehmon bo‘lgan oliy martabali shaxslarga mamlakat Prezidentining kuyovlari - Oybek Tursunov va Otabek Umarov, qolaversa, oilaning boshqa a’zolari peshvoz chiqqan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning mart oyida BAAga tashrif buyurib, mamlakat vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qator hujjatlar imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Dubay Otabek Umarov Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum

Baholaganlar

885

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing