O‘g‘li 6 yashar qizlarga tegajog‘lik qilgani aytilgan bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi bog‘cha rahbari xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi uchun lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilishicha, mazkur bog‘cha rahbari bog‘cha hududiga begona shaxsni kirishiga yo‘l qo‘yib berganligi, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi, ichki mehnat tartib-qoidalarini buzganligi va o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilingan.

Hozirda qizlarga haqiqatda tegajog‘lik qilingani yoki yo‘qligi holati yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir nechta ota-onalar Chilonzor tumanidagi 230-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasining 15 yoshli o‘g‘li ularning 6 yoshli qizlariga tegajog‘lik qilgani haqida IIBBga shikoyat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bog'cha tegajog'lik mudira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing