Ugandada isyonchilar maktabga hujum qilib, 38 nafar o‘quvchini o‘ldirdi

Olam

image

Sharqiy Afrikaning Uganda mamlakatida isyonchilar maktabga hujum qilib, 41 kishini o‘ldirdi. Bu haqda “NBC News” xabar berdi

Qayd etilishicha, Ittifoqchi demokratik kuchlar isyonchilari Mpondve shahridagi maktablardan biriga hujum qilib, o‘quvchilarni yoqib yuborish, otib tashlash va o‘ldirishda gumon qilinmoqda. 

Bu bo‘yicha Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham bayonot berib, maktabga qilingan terrorchilik hujumini qoralagan. 

Rasmiylar mamlakat g‘arbida Kongo Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh Mpondve shahrida joylashgan maktabda Ittifoqchi demokratik kuchlar tomonidan qilingan hujumdan so‘ng 41 kishi, shu jumladan, 38 nafar o‘quvchining jasadini topgan. Isyonchi kuchlar o‘quvchilarning yotoqxonasini yoqib yuborgani oqibatida ba’zi bolalar kuyishdan halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yana sakkiz kishi jarohatlangan. 

Uganda harbiylarining ma’lumot berishicha, 16 iyun kuni sodir bo‘lgan hujumni taxminan besh kishi amalga oshirgan. 

Voqea joyiga yetib kelgan askarlar yong‘in bo‘layotganini payqagan, shuningdek, bir qancha jasadlarni topgan. Berilgan bayonotlarda aytilishicha, mamlakat qo‘shinlari ayni paytda o‘g‘irlangan o‘quvchilarni qutqarish uchun jinoyatchilarni ta’qib qilyapti.

Ma’lumot uchun, maktabga qilingan hujumni amalga oshirishda gumon qilinayotgan Ittifoqchi demokratik kuchlar harakati 1990 yillar boshida Ugandaning bir qator musulmon aholisi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ularning isyonchilik harakatlari asosan 1986 yildan buyon hokimiyatda bo‘lgan mamlakat Prezidenti Yoveri Kaguta Museveniga qarshi qaratilgan. Mazkur guruh bugunga qadar mamlakat qishloqlariga ham poytaxt Kampalaga ham bir necha bor shunday hujumlarni uyushtirgan. Jumladan, ular shu yilning mart oyida qo‘shni davlat Kongo Demokratik Respublikasida kamida 19 kishini o‘ldirgan. Uganda Qurolli kuchlari 2021 yilda KDRdagi isyonchi guruhga bir qator havo va artilleriya zarbalari bergan edi. Ittifoqchi demokratik kuchlarning “Islomiy davlat” terrorchilik tashkiloti ham borligi aytiladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab hujum Uganda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing