UFC yengil vazn chempioni Ilya Topuriya sud majlisida ishtirok etdi

Sport

image

Kecha, 7 yanvar kuni yengil vazn toifasidagi UFC chempioni, gruzin millatiga mansub ispaniyalik jangchi Ilya Topuriya rafiqasi Jorjina Badell bilan ajrashish masalasi bo‘yicha Ispaniyada bo‘lib o‘tgan sud majlisida ishtirok etdi.

Sud majlisi Jorjina Badellning qizi bilan Mayamiga safar qilish haqidagi iltimosiga bag‘ishlandi. Topuriya sud jarayonida rafiqasi va qizini Mayamiga jo‘natishga qarshi ekanini ma’lum qildi.

“Men baxtliman, chunki tez orada qizimni yana ko‘raman. Oilam – mening eng ustuvor vazifam” deydi Topuriya.

Ma’lumot uchun, Ilya Topuriya 28 yoshda bo‘lib, 2020 yildan beri UFC'da faoliyat olib boradi. U 2024 yilda yarim yengil vazn toifasida chempion bo‘lib, unvonni bir marta himoya qilgan. 2025 yilda esa yengil vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud UFC Ilya Topuriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing