UFC Vegas turniri: Xollouey reytingdagi o‘rnini mustahkamladi

Sport

image

Bugun, 14 noyabr kuni Aqshning Las-Vegas shahridagi “Apex” arenada UFC Vegas 42 turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy jangida yarim yengil vazn toifasining birinchi raqamli jangchisi amerikalik Maks Xollouey (23-6) meksikalik Yair Rodrigesga (14-3) qarshi oktagonga ko‘tarildi. Bellashuv to‘liq besh raund davom etdi va Xolloueyning 48-47, 48-47, 49-46 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. U 491 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ga ega bo‘ldi.

Shuningdek, asosiy karddan o‘rin olgan janglar quyidagicha yakunlandi:

Markos Rojerio de Lima (19-8) birinchi raundda Ben Rotvellni (39-14) nokautga uchratdi;

Felitsiya Spenser (9-3) Lea Letson (5-3) ustidan nokaut evaziga zafar quchdi;

Kalin Uilyams (13-2) Migel Bayezani (10-2) nokautga uchratdi;

Shuningdek, yengil vazn toifasida ishtirok etuvchi Xoel Alvares (19-2) Tiagu Moyzesni (15-6) muddatidan avval mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, navbatdagi turnir joriy yilning 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Oqshomning markaziy jangida ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasining sobiq chempion amerikalik Misha Teyt va braziliyalik Ketlin Viyeyra o‘zaro bahs olib boradi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Las-Vegas UFC Maks Xollouey UFC Vegas 42 Yair Rodriges

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing