UFC Vegas 31: Habibning vorisi kechaning asosiy jangida oktagonga ko‘tariladi

Sport

image

Ertaga, 18 iyul kuni tongda AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Vegas 31 turniri ishtirokchilari tarozidan o‘tkazildi. 

Oqshomning markaziy jangida UFC yengil vazn toifasi jangchilari — rossiyalik Islam Maxachev va braziliyalik Tiago Moyzes o‘zaro bahs olib boradi. Islam 70,53 kilogramm, Moyzes esa 70,76 kilogramm tosh bosdi. Ushbu vazn toifasining yengilmas chempioni Habib Nurmuhamedov Maxachevga sekundantlik vazifasini bajaradi. Aynan Islam Habibning vorisi sifatida ko‘rilmoqda. 

Ushbu vaznda amaldagi chempion — Charlz Oliveyra. Chempionlikka asosiy da’vogar esa, Konor Makgregor ustidan g‘alabaga erishgan Dastin Pore hisoblanadi. Bundan tashqari divizionda Jastin Getji, Benil Dariush, Rafael Dos Anos, Maykl Chendler, Toni Fergyuson va Den Xuker singari jangchilar bor. Umumiy reytingda Islam 9, Moyzes esa 14-pog‘onada bormoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Islam MMA’dagi faoliyati davomida 20 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan. Tiago hisobida 15 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat mavjud. Ertangi g‘alaba ikki jangchiga ham reytingda ko‘tarilish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dastin Por'e Islam Maxachev Tiago Moyzes Charl'z Oliveyra UFC Vegas 31

Baholaganlar

592

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing