UFC sobiq jangchisi hibsga olindi

Sport

image

Surinamlik UFC’ning sobiq jangchisi Jairzino Rozenstrayka ayolga hujum qilgani uchun AQSHda hibsga olindi. Bu haqda MMA fighting nashri xabar berdi.

Florida shtati politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Rozenstrayka joriy yilning 20 yanvar kuni Pembroke Pines shahrida tartibsizlik va kaltaklash ayblovlari bilan qo‘lga olingan.

Xabarlarga ko‘ra, bir ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, mashinada kelib chiqqan janjal chog‘ida Rozenstrayka uning telefonini qo‘lidan tortib olganini bildirgan. Shundan so‘ng u ayolni bir necha bor urganini aytgan. Jabrlanuvchi, shuningdek, Rozenstrayka uni o‘pishga uringani va keyin qo‘lini tishlaganini ham ma’lum qilgan.

Shifokorlar ayolda tish izlari, ikki bilagida qizarish hamda o‘ng ko‘zi ostida ko‘karishlar borligini qayd etgan.

Rozenstraykaning so‘zlariga ko‘ra, janjal vaqtida ayol birinchi bo‘lib unga musht tushirgan. Ayol esa o‘z navbatida, mashinadan chiqib ketishga uringan paytda o‘zini himoya qilish maqsadida shunday qilganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Jairzino Rozenstrayka faoliyatida 15 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan. Uning UFC'dagi so‘nggi jangi 2025 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda rossiyalik Sergey Pavlovichga hakamlarning qarori bilan mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC hibsga olindi Jairzin'o Rozenstrayka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing