UFC prezidenti Maxachevning ismini unutib qo‘ydi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt 5 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 218 turniridan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar bilan gaplashar ekan, kutilmaganda tashkilotning yengil vazn toifasidagi chempioni ismini unutib qo‘ydi. Gap rossiyalik Islom Maxachev haqida ketmoqda. Bu haqda “Championat.com”sayti xabar berdi. 

“Agar Volkanovski g‘alaba qozona olsa, bu uning uchun katta voqea bo‘ladi. Mayli, agar... g‘alaba qozonsa (kuladi). Xo‘sh, ha ... (Maxachevni eslolmasdan) Agar u o‘z navbatida Volkanovskini mag‘lub eta olsa, bu uning buyuk merosini qurishda muhim qadam bo‘ladi”, deydi Uayt. 

Islom Maxachev va Aleks Volkanovski o‘rtasidagi bahs 12 fevral kuni Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Volkanovski tezlikda Islomdan kuchli ekanligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing