“UFC'ning loyihasi”. Habib Qodirovning u haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning u haqida aytgan gaplariga munosabat bildirdi.

Ramzan Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi jonli muloqot vaqtida Hababni UFC’ning loyihasi deb atagandi. Shuningdek, u Nurmuhamedovni “Ahmat” jangchilar klubi vakillari bilan kurashishga ham chaqirgan.

“Qodirov bilan bog‘liq masala norasmiy hal qilindi degani, nimani anglatadi? Men bunga munosabat bildirish kerak deb o‘ylamagandim. Shunchaki bularga ahamiyat bermagandim. Menda ham hayotda yaxshi va yomon fikrlar bo‘lgan. Menga biror nimani izohlash qiziq emas. Hammaning o‘z fikri bor, qo‘yavering bo‘lgani yaxshi.

Ramzan Qodirovning jonli efirini ko‘rmadim, shunchaki sizning yozganlaringizni o‘qidim. Men o‘zimni qanday qildim? Hech narsa bo‘lmadi. Butun dunyo meni muhokama qilmoqda. Men “UFC'ning loyihasi” iborasida haqoratni ko‘rmayapman”, degan Nurmuhamedov.

Avvalroq, rossiyalik sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov amerikalik yengilmas bokschi – kichik Floyd Meyvezer bilan jang qilishdan bosh tortgani haqida xabar bergan edik. Uzunquloq gaplarga qaraganda jangning mukofot puli 100 mln dollar atrofida bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Ramzan Qodirov

Baholaganlar

778

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing