UFC’ning eng yaxshi jangchisi hibsga olindi va ichishni tashlashga va’da berdi

Sport

image

Yarimog‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Jon Jons o‘tgan hafta tashkilotning shon-sharaf zaliga kiritilganidan bir necha soat o‘tib, Las-Vegasda hibsga olingandi. 

Gap shundaki, kecha, 28 sentyabr kuni politsiya e’lon qilgan hisobotda qayd etilishicha, Jon Jons bolalarining ko‘z o‘ngida mast holatda turmush o‘rtog‘ini kaltaklagan va hibsga olinish chog‘ida politsiya mashinasini ham shikastlagan. Shundan so‘ng, P4P (vaznidan qat’i nazar eng yaxshi jangchi) reytingi yetakchisi hisoblangan Jons hech qachon spirtli ichimlik ichmaslikka va’da berdi.

“Menda spirtli ichimlik ichish uchun sabablar yetarli, chunki tanamda juda ko‘p jarohat bor. Lekin miyam endi bunga dosh berolmaydi va men ichishni abadiy tashladim. Men bu dahshatni hayotimda sodir bo‘lgan eng yaxshi voqelikka aylantiraman. Endi har qachongidan ham qattiq ishlash vaqti keldi”, deya yozgan Jons o‘zining Instagram sahifasida. 

Ma’lumot uchun, Jon Jons MMA’dagi faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazib, atigi bir marta mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC MMA Jon Jons Qamaldi

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing