UFC Murodovga yangi jang berdi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov yozda UFC'dagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Murodovning aytishicha, raqib nomi va jang manzili aniq va tez orada bo‘lajak bahs bo‘yicha rasmiy xabar beriladi. O‘zbekistonlik sportchi ishtirokidagi navbatdagi to‘qnashuv yozda tashkil etiladi.

Qayd etish joiz, UFC qoidalariga ko‘ra, sportchi tashkilot jang bo‘yicha rasmiy xabar chiqarmagunicha, bo‘lajak raqibi kim ekanligini, jang sanasi va joyini ayta olmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov joriy yilning 11 mart kunida asli dog‘istonlik, hozirda Germaniya fuqarosi hisoblangan sportchi Abusupyan Muhammedovga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq Murodov qo‘lidan jarohat olgani bois jang bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov Abusupyan Muhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing