UFC: Ganning murabbiyi Ngannuga qarshi sparring tafsilotlarini ochiqladi  

Sport

image

Mashhur MMA murabbiy Fernand Lopez UFC super og‘ir vazn toifasi chempioni Fransis Ngannu hamda vaqtinchalik chempion Siril Gan o‘rtasida bir necha yil avval bo‘lib o‘tgan sparring voqeasi tafsilotlarini ma’lum qildi.

“Siril jarayon haqida barcha narsani gapirib berishimni istamadi, chunki aynan o‘sha mashg‘ulot paytida Fransis Ngannu tizza zarbasini o‘tkazib yubordi va yiqildi. Men mashg‘ulotlarni to‘xtatishga majbur bo‘ldim. Fransis chalqancha yotardi. Agar bu sodir bo‘llmagan, deb aytsa, barcha “sirlarni” e’lon qilaman. Bizning sport zalimizda shaxsiy hayot hurmat qilinadi”, deydi Lopes.

Eslatib o‘tamiz, superog‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Fransis Ngannu (16-3) 2022 yil 22 yanvar kuni o‘zining chempionlik unvonini himoya qilishi uchun vaqtinchalik chempion Siril Gan (10-0) bilan hisob-kitob qiladi. Ushbu bahs UFC 270 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Ngannu va Gan bir paytlar yaqin do‘st bo‘lgan va bir jamoada mashg‘ulot olib borgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ngannu Gan Fernand Lopez

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing