UFC'da jang qiladigan o‘zbekistonlik sportchining navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘ldi
Sport
−
10 yanvar
4803Dunyoning eng nufuzli aralash yakkakurash tashkiloti hisoblanmish UFC'da oktagonga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bogdan Guskovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi.
Guskov bo‘lajak jangini 11 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida o‘tkazadi. O‘sha kuni 31 yoshli Guskov amerikalik Zak Pauga bilan kuch sinashadi.
Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik jangchi o‘tgan yili 3 sentyabr kuni UFC'da debyut qilgandi. Tashkilotdagi dastlabki jangida Guskov shvetsariyalik tajribali Volkan Ozdemirga qarshi oktagonga chiqib, imkoniyatni boy bergandi.
Ma’lumot uchun, Guskov MMA'dagi faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, 14 tasida g‘olib bo‘lgan, 3 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. 35 yoshli Zak Pauga esa UFC'da 3 ta jang o‘tkazib, 1 ta g‘alabaga erishgan, 2 ta jangda esa mag‘lub bo‘lgan.
LiveBarchasi