UFC'da mojaro: Chimayev va Neyt Dias jamoasi o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt Las-Vegasdagi (AQSH) UFC 279 turniri uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan matbuot anjumanini bekor qildi. Bunga tadbir oldidan ommaviy janjal chiqqani sabab bo‘ldi. Bu haqda  Uaytning so‘zlariga tayanib, “BJPenn” nashri xabar berdi.

Anjumanning bekor qilinishiga UFC 279 ning asosiy jangchilari Hamzat Chimayev va Neyt Dias jamoalari o‘rtasida kelib chiqqan ommaviy mushtlashuv sabab bo‘lgan. Ommaviy tartibsizlikda Chimayev tomonidan 25 kishi va Diaz tarafdorlaridan 75 kishi qatnashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu to‘qnashuvda taniqli UFC jangchilari Kevin Xolland va Darren Till ham ishtirok etgan.

Dana Uayt anjuman bekor qilingani haqidagi qarorini izohlar ekan, jamoat xavfsizligi uchun shunday qilishga majbur bo‘lganini aytgan.

“Hech qanday konferensiya bo‘lmaydi. Hammadan uzr so‘rayman. Men juda g‘alati ahvoldaman, kompaniya tarixida bunday holat bo‘lmagan. Ammo menga ishoning, jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun bu matbuot anjumanini o‘tkazmaslik yaxshiroq bo‘ladi. Ha, sizni eshitaman, (tomoshabinlar hushtaklari), men sizning e’tirozlaringizni qabul qilaman. Ammo barchaning xavfsizligi uchun bu to‘g‘ri qaror. Kechirasiz... Kelganingiz uchun rahmat”, degan Uayt.

Ma’lumot uchun, Hamzat Chimayev va Neyt Dias o‘rtasidagi jang shu yilning 10 sentyabrida Las-Vegasda (AQSH) bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hamzat Chimaev Neyt Dias

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing