UFC’da kutilgan jang: “El kukuy” “Notorius”ni oktagonga chaqirdi (foto)

Sport

image

UFC'ning yengil vazn toifasi jangchisi Toni Fergyuson (26-6) ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregorga (22-6) qarshi jang qilmoqchi. Amerikalik “El kukuy” o‘z Instagram sahifasida irlandiyalik MMA ustasiga “atalgan” provokatsion postni e’lon qildi.

“Tugallanmagan ish. Qayerdasan, Maknaggets (suyaksiz qovurilgan tovuq go‘shti)?”, deya yozib qoldirgan Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, Toni Fergyuson UFC’dagi so‘nggi uch jangida mag‘lubiyatga uchrab, chempionlik uchun da’vogarlar qatoridan chiqib ketgan edi.

Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson so‘nggi marta joriy yilning 16 mayida o‘tkazilgan UFC 262 turnirida Benil Dariyushga imkoniyatni boy bergan.

Makgregor esa joriy yilning 11 iyul kuni UFC 264 turnirida Dastin Pore bilan jan qilgan edi. Birinchi raund oxirida Konor noqulay tarzda oyog‘ini sindirib olgan, Dastin esa texnik nokaut evaziga g‘alabaga erishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Toni Fergyuson El Kukuy Notorius

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing