UFC Aleks va “Zombi” jangini tasdiqladi  

Sport

zombi

Avvalroq, yarim yengil vaznda UFC chempioni Aleksandr Volkanovski va sobiq chempion ya o‘rtasidagi trilogiya Maksning jarohati sabab bekor qilingani haqida xabar bergan edik.

Endilikda chempion “Koreyalik Zombi” nomi bilan mashhur bo‘lgan Chen Son Jonga qarshi bahs olib boradi. Yaria yengil vazn toifasidagi ushbu chempionlik jangi joriy yilning 9 aprel kuni AQSHning Bruklin shahrida UFC 273 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. 

Shuningdek Aljameyn Sterling va Petr Yan o‘rtasida super yengil vazn toifasidagi revansh musobaqadagi ikkinchi muhim voqea (“Co-main event”) bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, aslida Volkanovski va Xollouey o‘rtasidagi trilogiya UFC 272 ning markaziy jangi bo‘lishi kutilayotgan edi. Shundan so‘ng rossiyalik Petr Yan va amerikalik Aljameyn Sterling o‘rtasida super yengil vazn chempionligi uchun bahs oqshomning markaziy jangi bo‘lishi kutilgan edi. Biroq ushbu bellashuv ham aprelga qoldirildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Petr Yan Maks Xollouey Aljameyn Sterling UFC 273 Aleksandr Volkanovski

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing