Makgregor oktagonga qaytishga va’da berdi

Sport

image

Ikki vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Konor Makgregor UFC 329 turnirida Maks Xolloueyga qarshi kechgan jangdagi mag‘lubiyatdan so‘ng faoliyatini davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida yozib qoldirdi.

Kecha, 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan jangda Makgregor oyog‘idan jarohat olib, texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi. Jang boshida u noqulay tarzda oyog‘idan jarohat oldi. Shu bois hakam bahsni muddatidan avval to‘xtatishga qaror qildi.

“Men ajoyib formada edim va bu jangga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandim. Haligacha bu voqeaga ishona olmayapman. Men tayyor emas edim, degan har qanday gap mutlaqo bema’nilik. Men xotirjam, tayyor va o‘ziga ishongan holda oktagonga chiqqan edim. Hozirgacha nima bo‘lganini anglay olmayapman. Go‘yo shayton ko‘zimga tikilib turganday. Lekin men u bilan kurashmayman. Bu sinovdan o‘taman, yo‘limdan adashmayman va albatta qaytaman”, deb yozdi Makgregor.

UFC prezidenti Deyna Uayt esa Makgregorning oldingi krestsimon boylami (ACL) uzilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

37 yoshli Makgregor besh yillik tanaffusdan keyin aralash yakkakurashlar (MMA)ga qaytgan edi. Uning hisobida hozirgacha 22 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat bor. Irlandiyalik avval UFC’ning yarim yengil hamda yengil vazn toifalarida chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan.

34 yoshli Maks Xollouey esa faoliyati davomida 28 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing