UFC: Aleks va Maks trilogiyasi bir kundayoq bekor qilindi
Sport
−
08 yanvar 2022
3209Bugun, 8 yanvar kuni UFC 272 turnirining markaziy jangi tasdiqlanganidan 1 kun o‘tib, bekor qilindi.
Gap shundaki, yarim yengil vaznda UFC sobiq chempioni amerikalik Maks Xollouey mashg‘ulot paytida jarohat orttirib olgan. U joriy yilning 5 mart kuni amaldagi chempion avstraliyalik Aleks Volkanovskiga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
Bunga qadar jangchilar ikki marta o‘zaro to‘qnash kelgan va ularda Volkanovski hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, Aleksandr “Buyuk” MMA’dagi faoliyati davomida 23 ta jang o‘tkazgan, ularning 22 tasida g‘alabaga va bittasida mag‘lubiyatga uchragan. Xollouey esa 29 ta jangda 23 marta g‘olib bo‘lgan va 6 bor raqiblariga imkoniyatni boy bergan.
Eslatib o‘tamiz, UFC 272 turniri joriy yilning 5 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi. Agar Volkanovskiga raqib topilmasa, rossiyalik Petr Yan va amerikalik Aljameyn Sterling o‘rtasidagi super yengil vazn chempionligi uchun bahs oqshomning markaziy jangi bo‘ladi.
LiveBarchasi