UFC afsonasi super chempionlik jangidan so‘ng oktagonga qaytadi 

Sport

image

UFC rahbari Dana Uaytning fikricha, yarim og‘ir vazn toifasi sobiq chempioni Jon Jons o‘zining ligadagi kelajagi haqida bir qarorga kelmagan.

“Jon Jons og‘ir vazn toifasida chempionlik uchun navbatdagi o‘rinni egallaydimi yoki yo‘q, ishonchim komil emas. To‘g‘risini aytsam, Jons bundan keyin nima qilishni istayotganini bilmayman. Ehtimol, og‘ir vaznda jang qilmas. Balki yana qaytib yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik unvonini qaytarishga harakat qilar. Barchasi Gan va Ngannu o‘rtasidagi jangdan so‘ng aniq bo‘ladi. O‘ylaymanki, U ushbu jangni kuzatib, bir qarorga keladi.”, deydi Uayt.

Bundan avval yengilmas Jon Jons Twitter sahifasida Fransis Ngannu va Siril Gan o‘rtasidagi super chempionlik jangini intiqlik bilan kutayotganini aytib o‘tgan edi:

“Kim g‘alaba qozonishini bilmayman, lekin ularning jangini intiqlik bilan kutyapman. Ishonchim komilki, bellashuv qanday natija bilan tugashidan qat’i nazar men ular haqida ko‘p narsani bilib olaman”.

Eslatib o‘tamiz, Ngannuning so‘nggi bor 2021 yilning mart oyida oktagonga ko‘tarilgan va Stipe Miochichni mag‘lub etib chempionlikni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, kamerunlik atlet dam olishga qaror qildi va Dana Uayt og‘ir divizionda vaqtinchalik chempionlik unvoni uchun jang tashkil etishga majbur bo‘ldi. Aynan Siril Gan vaqtinchalik chempion unvoni uchun 2021 yilning avgustida Derrik Lyuisni nokautga uchratgan.

Ma’lumot uchun, sobiq jamoadoshlar – Ngannu va Gan o‘rtasidagi bellashuv UFC 270 turnirining markaziy jangi bo‘ladi. Musobaqaning asosiy kard janglari joriy yilning 23 yanvar kuni AQSHning Anaxaym shahrida (Kaliforniya) Toshkent vaqti bilan soat 7:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Ngannu Gan Jons

Baholaganlar

79

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing