O‘FAning yangi prezidenti kim? U haqida nimalar bilamiz?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylangani haqida xabar berdik.

Azizov bu lavozimda 2018 yil 25 yanvaridan beri ishlab kelgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, transport vaziri Ochilboy Ramatovning o‘rnini egalladi.

Abdusalom Azizov 2003 yildan beri davlatning turli idoralarida, turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi.

Azizov DXX raisi bo‘lishidan avval mamlakatning mudofaa vaziri sifatida faoliyat yuritgan. U vazirlikdagi faoliyati davomida sohaning mamlakat mudofaasiga aloqadorligini hisobga olib, maksimal darajada ochiq va shaffof ishlashga harakat qilgan hamda qaysidir ma’noda bunga erishgan.

Shu o‘rinda Abdusalom Azizovning bugungacha bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlasak.

Abdusalom Abdumavlonovich Azizov 1960 yilning 20 yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. 

2003-2006 yillarda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi;

2006-2008 yillarda “O‘zbekneftmahsulot” AK bosh direktori;

2005 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i;

2008 yilning noyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari;

2008 yil dekabrdan 2009 yil dekabrgacha O‘zbekiston Respublichikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, shu bilan birga O‘zbekiston futbol fideratsiyasining vitse-prezidenti;

2009 yildan 2017 yilgacha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i;

2017 yil yanvardan sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri;

2017 yil sentyabrdan 2019 yil fevralgacha O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimlarida ishlagan.

U 2017 yilda general-moyor, 2019 yilda general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlangan.

2019 yil fevraldan Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimida faoliyat yuritib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusalom Azizov

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing