O‘FA Osiyoning eng yaxshi federatsiyasi bo‘lishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Osiyoda “Yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi” bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 31 oktyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan Osiyo futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi” nominatsiyasining “Platinum” yo‘nalishida g‘oliblikka da’vogarlar qatorida e’tirof etilmoqda. Mukofotga shuningdek, Eron futbol federatsiyasi va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi ham nomzodlar qatorida ko‘rsatilgan. 

Hozirgi vaqtda bevosita O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Qatar poytaxtida bo‘lib turibdi. 

Shuningdek, Doha shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) va Hindiston futbol federatsiyasi o‘rtasida “Hamkorlik memorandumi” imzolangan.

Qayd etilishicha, bundan keyin CAFA musobaqalarida Hindistonning turli yoshdagi terma jamoalari ham ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Ermatov O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing