O‘FA futbolchilarni ogohlantirdi
Sport
−
13 mart 1941 1 daqiqa
Joriy yil 15 martdan boshlab O‘zbekistondagi rasmiy futbol musobaqalari davomida futbolchilarning ekipirovkasiga oid talablar futbol o‘yinlari qoidalari asosida qat’iy nazorat qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ogohlantirish e’lon qildi
Qayd etilishicha, endilikda futbolchilarning majburiy ekipirovkalari getraga (paypoq) tashqi tomondan yopishtirilgan yoki unga o‘ralgan lenta yoki boshqa material getraning o‘sha qismi rangi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
Shitkalar (maxsus himoya vositasi) — ular maxsus materialdan tayyorlangan bo‘lishi, yetarli himoya ta’minlaydigan o‘lchamda bo‘lishi va getra bilan to‘liq yopilgan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, shortikning tagidan kiyiladigan kiyim shortikning asosiy rangi yoki quyi qismi rangi bilan bir xil bo‘lishi kerak va bitta jamoa o‘yinchilari bir xil rangdan foydalanishlari zarur.
Shu munosabat bilan jamoalardan futbolchilarning maydonga chiqishdan oldin ekipirovkalari belgilangan talablarga to‘liq mos bo‘lishi ta’minlashi zarur.
Qoidalarga zid holatlar aniqlangan taqdirda futbolchi kamchilik bartaraf etilmaguncha o‘yinga qo‘yilmasligi, zarur hollarda esa maydonga tushirilmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, ushbu holat bo‘yicha qat’iy chora ko‘rish joriy yilning 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Superkubok bahsidan boshlab amalga oshiriladi.