UEFA yana bir yangi musobaqa o‘ylab topmoqda

Sport

image

UEFA (Union of European Football Associations) Yevropa Superkubogi musobaqasini tugatib, uning o‘rniga yangi musobaqa tashkil qilmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

UEFA daromadlarni oshirish uchun to‘rtta jamoadan iborat mini-musobaqa o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ya’ni, musobaqa formati hozirgi Ispaniya Superkubogi bilan deyarli bir-xil bo‘ladi. Ishtirokchilar orasida Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Konferensiya ligasi g‘oliblarini va MLS klublaridan birini ko‘rishimiz mumkin.

Qayd etilishicha, UEFA turnirni yozda o‘tkazmoqchi. O‘yinlar Yevropadan tashqarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ispaniya Superkubogi asosan Saudiya Arabistonida o‘tkazilmoqda. UEFA ham Saudiya kabi cho‘ntagi baquvvat homiylarni topishni niyat qilgan ko‘rinadi. Qolaversa, Yevropadan tashqaridagi muxlislar uchun sevimli jamoalarini o‘z uylarida ko‘rish yoqimli bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Yevropa Superkubogi 1972 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. “Barselona”, “Milan” va “Real Madrid” klublari ushbu musobaqada 5 martadan zafar quchgan. 2022 yilgi finalda “Real Madrid” “Ayntraxt Frankfurt”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UEFA “Real Madrid”

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing