UEFA va KONKAKAF qo‘shma Millatlar ligasi turnirini tashkil qilmoqchi
Sport
−
18:08 282 2 daqiqa
Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) va Shimoliy, Markaziy Amerika hamda Karib dengizi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) 96 ta jamoa ishtirokidagi Millatlar ligasi turnirni tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, konfederatsiyalar 2028 yildan boshlanishi mumkin bo‘lgan yangi turnirni tashkil etish ustida ishlamoqda. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ham mazkur turnirga qo‘shilishga qiziqish bildirgan.
Manbaga ko‘ra, bu qaror FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilotning erkaklar va ayollar o‘rtasidagi asosiy musobaqalarini boshqaruvchi xususiy kompaniyaga sotish rejasi sabab ilgari surilmoqda. Garchi FIFA mazkur loyihadan voz kechgan bo‘lishiga qaramay, UEFA endi tashkilotga ishonib bo‘lmaydi, degan qarorga kelgan.
Muzokaralar hali dastlabki bosqichda bo‘lishiga qaramay, yangi musobaqa UEFA va KONKAKAF tomonidan mavjud Millatlar ligalari uchun qo‘llanilayotgan ko‘p liga formatini takrorlashi kutilmoqda.
“A” ligasida Ispaniya, Fransiya, Angliya va Germaniya kabi Yevropaning eng kuchli terma jamoalari ishtirok etib, Meksika, AQSH va Kanada singari KONKAKAFning yuqori reytingdagi terma jamoalariga qarshi raqobatli uchrashuvlarda maydonga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, UEFA va KONKAKAF 2018 yilda Millatlar ligasi musobaqalarini yo‘lga qo‘ygan. Konfederatsiyalar ushbu turnir doirasidagi uchrashuvlarni bir xil xalqaro tanaffus paytida o‘tkazib kelmoqda. Shu bois, yangi qo‘shma turnirni tashkil etish uchun zarur infratuzilma va mexanizmlar allaqachon mavjud.
Live
Barchasi