UEFA Ukrainadan ketmoqchi bo‘lgan futbolchilarga yordam bermoqchi

Sport

image

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning aytishicha, u oxirgi 48 soat davomida ukrainalik futbolchi va murabbiylar bilan Ukrainani tark etish masalasida gaplashgan.

“Men 48 soat davomida Ukrainadagi futbolchilar va murabbiylar bilan gaplashdim. Ularga Ukrainani tark etishlariga yordam berishimni aytdim. Biz kuniga 24 soat aloqada bo‘ldik. Men (Ukraina) rasmiylaridan yordam so‘radim. Ular bu iltimosimni qabul qilishdi. Lekin hukumat har doim futbolchilarning xavfsizligini kafolatlay olmaydi. Bu muzokaralar qanchalik qiyin kechganini tushuntirish qiyin. Futbolchilardan faqatgina bittasi Ukrainani tark etdi, men uni uyimga joylashtirdim. Biz qattiq ishlashimiz kerak”, degan Aleksandr Cheferin.

Rossiya sportiga kiritilgan cheklovlar 

Rus qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi. 

Polsha, Chexiya va Shvetsiya futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash doirasida Rossiya bilan o‘yinga borishdan bosh tortdi.

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

FIFA  hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barcha futbol musobaqalaridan chiqarib tashladi.

Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shuningdek, Germaniyaning "Shalke 04" klubi va UEFA'ning o‘zi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rossiyalik va belaruslik atletlarni Pekin-2022 Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing