UEFA Superligaga qarshi chiqsa, futbol rivojiga qarshi chiqqan bo‘ladi — “Yuve” prezidenti

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi prezidenti Andrea Anelli Yevropa Superligasi tashkil etilishi va unga UEFA’ning qarshi chiqishi noto‘g‘riligi borasida “Yuventus” Twitter sahifasida chiqish qildi.

Xabaringiz bor, Yevropaning 12 grand klubi o‘rtasida joriy yilning aprel oyida Yevropa Superligasi nomli o‘zgacha formatdagi yangi turnir tashkil etilishi g‘oyasi o‘rtaga tashlangandi. Biroq bunga UEFA qarshi chiqib, bir muddat bo‘lib o‘tgan tortishuvlardan so‘ng turnirga nuqta qo‘ydi.

Shunga qaramay, “Real”, “Barselona” hamda “Yuventus” klublari hali-hanuz bu niyatdan qaytgani yo‘q. Uchala klub mas’ullari har xil yo‘llar bilan UEFA’ni ko‘ndirishga harakat qilmoqda, ammo tashkilot prezidenti Aleksandr Cheferin bu narsani futbolning zarariga ishlaydi, deb hisoblamoqda.

“Biz dastlab UEFA bilan kelishishga urindik, lekin tashkilot rejalarimizni to‘g‘ri tushunmadi, maqsadimiz inqirozga kirib borayotgan futbolni avvalgi darajasiga qaytarish. UEFA’da bizning tarafdorlarimiz borligidan xabardormiz, lekin ular baribir bizga quloq solmayapti. Bizga qarshi chiqishdimi — futbol rivojiga qarshi chiqqan bo‘lishadi.

Agar ular rejalarimizga ko‘nsa, hammasi ko‘ngildagidek bo‘lishiga ishonaman. Superliga inqilob qilish uchun amalga oshirilmadi. Bu aslida inqirozga yuz tutgan, umidsiz tizimdan chiqishga bo‘lgan urinish edi. Mas’ullardan qoniqarli javob kutib qolamiz”, deydi Anelli.

Ma’lumot uchun, UEFA Superligada ishtirok etishni qaror qilgan har qanday klubni YeCHLda hamda ichki chempionatda ishtirok etish maqomidan mahrum etishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni 12 ta klub – "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester Siti", "Liverpul" (barchasi – Angliya), "Real" (Madrid), "Barselona", "Atletiko" (barchasi – Ispaniya), "Inter", "Milan" va "Yuventus" (barchasi – Italiya) yangi Yevropa musobaqasi – Superliga tashkil etilganini e’lon qildi. Loyihani Amerikaning “JP Morgan” banki loyihalashtiradigan bo‘ldi. “Real” prezidenti Florentino Peres Superliga boshiga keldi.

Oradan ikki kun o‘tib, keskin noroziliklardan so‘ng Futbol bo‘yicha Yevropa Superligasi loyihasi to‘xtatildi. Dastlab 12 ta ishtirokchi-klub Superligani tarqatib yuborish ustida bosh qotirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinroq OAVda “Chelsi” va “Manchester Siti” hamda Madridning “Atletiko”, Milanning “Inter” jamoalari loyihani tark etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lumot uchun, Yevropa Superligasidan bosh tortmagan Ispaniyaning “Real”, “Barselona” va Italiyaning “Yuventus” klublari UEFA qonunini buzganlikda ayblanmoqda.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing