UEFA rus klublarini Yevropa musobaqalaridan chetlatdi
Sport
−
03 may 2022
4496Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya futbol klublarini 2022/23-yilgi mavsumda UEFA klub musobaqalaridan chetlatdi.
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi ham 2022/23 yilgi mavsumda Millatlar ligasidan chetlatilgan.
Shu bilan birga UEFA Rossiyaning 2028 va 2032 yillarda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatlarini o‘tkazish taklifini rad etgan.
Rossiya futbol ittifoqi UEFA qaroriga rozi emasligini va Lozannadagi Sport arbitraj sudiga e’tiroz bildirishini e’lon qilgan.
28 fevral kuni UEFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Rossiyaning barcha terma jamoalari va klublarini tashkilot shafeligidagi musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirishga qaror qilgandi. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ham rossiyalik sportchilarni o‘z musobaqalaridan chetlatdi.
LiveBarchasi