UEFA Italiyani Yevro-2032 mezbonligidan mahrum qilish bilan tahdid qildi

Sport

image

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Italiya 2032 yilgi Yevropa chempionati mezbonligidan mahrum bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqida u “La Gazzetta dello Sport” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Italiyalik siyosatchilar nima uchun ularning mamlakatida Yevropadagi eng yomon futbol infratuzilmalaridan biri borligi haqida o‘ylash vaqti keldi. Umid qilamanki, infratuzilma Yevro-2032 gacha tayyor bo‘ladi. Aks holda Italiyadagi turnir o‘tkazilmayd”, deydi Cheferin.

Ma’lumot uchun, 2032 yilgi Yevropa chempionatiga Italiya va Turkiya mezbonlikni qo‘lga kiritgan, ammo hozircha Italiya stadionlaridan faqat Turindagi “Allianz Stadium” UEFA’ning barcha talablariga javob beradi. Turnir boshlanguncha italiyaliklar UEFA’ga Milan, Rim va Kalyari shaharlarida yangi arenalar qurishni, shuningdek, Bari, Napoli, Florensiya, Verona, Bolonya va Genuyadagi stadionlarni modernizatsiya qilishga va’da bergan.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Italiya UEFA Evro-2032

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing