UEFA Chempionlar ligasining eng chiroyli goli e’lon qilindi (video)

Sport

image

Bugun, 30 sentyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi 2-turining eng chiroyli goli e’lon qilindi.

Birinchi o‘rin “Manchester Siti” darvozasini ishg‘ol etgan PSJ hujumchisi Lionel Messiga nasib qildi. Ushbu gol argentinalik futbolchi uchun parijliklar safidagi birinchisi bo‘ldi.  

Ikkinchi o‘rinda “Sherif” yarim himoyachisi Sebastyan Till qayd etildi.  U “Real”ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqasida darvozaning yuqori to‘qqizligini aniq nishonga oldi. Bu gol evaziga Moldova klubi sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchinchi o‘rinni “Manchester Yunayted” himoyachisi Aleks Telles, to‘rtinchi o‘rinni esa “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann egaladi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari joriy yilning 19 va 20 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Grizmann UEFA Telles Sebast'yan Till Hafta goli

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing