UEFA Albaniya va Serbiyani jarimaga tortdi
Sport
−
20 iyun
2795Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Yevropa chempionati o‘yinlarida muxlislarning nomaqbul xatti-harakatlari uchun Albaniya futbol federatsiyasi va Serbiya futbol ittifoqini jarimaga tortdi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Guruh bosqichining italiyaliklar bilan bo‘lib o‘tgan 1-tur o‘yini (1:2) yakunlariga ko‘ra, Albaniya terma jamoasi muxlislari maydonga har xil narsalarni uloqtirgani, ishqibozlarning maydonga tushib ketgani, pirotexnika vositalaridan foydalangani va provokatsion xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun uchun mamlakat futbol federatsiyasi 37 375 yevro miqdorida jarimaga tortildi.
Inglizlar bilan uchrashuv (0:1) yakunlariga ko‘ra, serbiyalik muxlislar maydonga turli buyumlarni uloqtirgani va provokatsion harakatlari uchun 14 500 yevro miqdorida jarimaga tortildi.
Guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan xorvatlar bilan o‘yindan so‘ng (2:2) albaniyalik muxlislar ham maydonga yugurishdi.
Serbiya terma jamoasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvini 20 iyun kuni Sloveniyaga qarshi o‘tkazadi.