UEFA 2020 yilning ramziy terma jamoasini tuzdi

Sport

image

UEFA 2020 yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan ramziy jamoaga kiritilgan futbolchilar nomini e’lon qildi. 

E’lon qilingan tarkibga kiritilgan aksariyat o‘yinchilar Germaniyaning "Bavariya" klubi vakillari bo‘lgan. 

Jumladan, darvozabon Manuel Noyer, himoyachilar Yozua Kimmix, Alfonso Devis, yarim himoyachi Tyago Alkantara (2020 yil kuzda Angliyaning "Liverpul" klubiga o‘tgan), hujumchi Robert Levandovskiy. 

Shuningdek, yilning ramziy jamoasi tarkibiga himoyachilar Virjil van Deyk ("Liverpul"), Serxio Ramos ("Real") kiritilgan. 

Yarim himoyachilar sifatida Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Lionel Messi ("Barselona") ramziy jamoaga kiritilgan bo‘lsa, ramziy jamoa hujumchilari Neymar (PSJ) va Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

UEFA

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing