Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqib, bir kishi tiriklayin yonib ketdi
3-sahifa
−
10:24 1423 1 daqiqa
Bugun, 24 oktyabr kuni Toshkentning Uchtepa tumanida xonadonda yong‘in sodir bo‘lib, bir kishi tiriklayin yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 01:33 da Toshkent shahar FVBBga Uchtepa tumani, Yusuf Sakkokiy ko‘chasida joylashgan turarjoy majmuasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 01:52 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning uy jihozlari zararlangan. Voqea joyida bir nafar fuqaroning jasadi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hodisa sabablari va boshqa tafsilotlarni aniqlash bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi23 Oktyabr