Uchtepa tumanidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 18 may kuni Uchtepa tumanidagi ayrim ko‘chalarda barcha turdagi transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Farhod va Ali Qushchi ko‘chalari chorrahasidan Farhod  ko‘chasi bo‘ylab Lutfiy ko‘chasiga, Katta Xirmontepa ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida soat 7:30 dan 08:30 ga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Ko‘chalar Yoshlar marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan avtotransportlar uchun berkitiladi. Shahar hokimligi yuzaga keladigan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l Uchtepa

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing