Uchtepa IIB rahbari Toshkent IIBB boshlig‘iga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
09 mart 2022 9069 1 daqiqa
O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Abduvosit Abdurazzoqov bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Uchtepa tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Uchtepa tumani hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, Abduvosit Abdurazzoqov, 1981 yil 19 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2002 yil IIV Akademiyasini tamomlagan. So‘ngra ichki ishlar sohasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.
2020-2021 yillar Sergeli tuman Ichki ishlar organlari FMB boshlig‘i lavozimida ishlagan.