Uchko‘prikda jurnalistga qarshilik qilgan hokim kotibi ishdan bo‘shatildi
Jamiyat
−
23 aprel 2020
8932Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi, “Ma’rifat” gazetasi muxbiri Sharifa Madrahimova o‘zining jurnalistlik faoliyati vaqtida tuman hokimligi vakili tomonidan jismoniy tarzda qarshilikka uchragan edi.
Uchko‘prik tuman hokimligi vakili Shohjahon Mo‘ydinov kasb etikasi me’yorlarini buzgani sababli ishdan bo‘shatilgan. Bu haqda Uchko‘prik tumani hokimligi rasmiy баёнотида ma’lum qildi.
“Ma’rifat” gazetasining Farg‘ona viloyatidagi muxbiri Sharifa Madrahimova va Uchko‘prik tumani hokimligi xodimi Shohjahon Mo‘ydinov bilan bog‘liq holat tuman hokimligi tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.
Shohjahon Mo‘ydinovga nisbatan ichki idoraviy o‘rganish o‘tkazilib, davlat idoralarida o‘rnatilgan kasb etikasi me’yorlarini buzgani tasdiqlandi.Shohjahon Mo‘ydinov Uchko‘prik tumani hokimining kotibi vazifasidan ozod etildi va xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Jurnalist Sharifa Madrahimova va hokimlik xodimi o‘rtasida yuz bergan holat tuman huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi va qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi bayonotda.