Uchinchi jahon urushi Yaqin Sharqdan boshlanishi mumkin – Lukashenko 

Olam

image

Agar Isroil va uning ittifoqchilari Eronga qarshi jangga kirsa, Uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko aytib o‘tdi.

"Uchinchi jahon urushi... Menimcha u o‘sha yerdan [Yaqin Sharqdan] boshlanishi mumkin. Xo‘sh, qanday qilib? Shunchaki, ular [Isroil va AQSH] Eronga qarshi urush ochadi. Aslida bu davlatlarni Eron urushga tortayotgani yo‘q, balki ular Eronni tinch qo‘ymayapti. Sizda Eronning hujumga [HAMASning Isroil hududlariga hujumiga] aloqadorligi haqida faktlar bormi? Faktlar bor bo‘lsa, ularni stolga qo‘ying, ko‘rib chiqaylik. Lekin hech kim Eronga qarshi ayblovlarda dalillar bor yoki yo‘qligini inobatga olmayapti", deydi Lukashenko. 

Shuningdek, u mojaro ishtirokchilarining muayyan davlatda ishlab chiqarilgan qurollardan foydalanishi hech narsani isbotlamasligini bildirgan. 

"Ha, raketalar, Shahed kabi dronlar [Erondan kelib chiqqan] uchmoqda. Sizning dronlaringiz va raketalaringiz ham Ukrainada uchmoqda. Qurol savdosi bor. Bu yomon, lekin u qonuniy. Balki kimdir bu raketalarni qandaydir qo‘l bilan sotib olgandir, keyin u HAMASga sotgandir. Urush maydoniga Ukrainadan ham qancha qurol borgandir... Ularda Amerika miltiqlarining raqamlari ko‘rsatilgan. Qurollarning hammasi ro‘yxatga olingan", degan Lukashenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, chalkashlik jiddiy. Agar amerikaliklar zarba beruvchi havo guruhlari va samolyot tashuvchilarini ishga solib, O‘rta yer dengizi bombardimon qilinsa, Eron javob qaytarishga majbur bo‘ladi.

Lukashenkoning fikricha, "jiddiy mojaro va ehtimol, eng jiddiy qurollar qo‘llaniladigan urush boshlanishi mumkin". "Voqealarning qanday rivojlanishini esa hech kim bilmaydi. Hatto bu tartibsizlikni qo‘zg‘atgan amerikaliklar ham buning oqibatini bilmaydi", degan Lukashenko.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Yaqin Sharq Belarus' Aleksandr Lukashenko Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing