Uchinchi jahon urushi bo‘lmaydi – Tramp
Olam
−
17 Oktabr 5809 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini global mojaroga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 16 oktyabr kuni Vashingtondagi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Unga ko‘ra, bu urush “uchinchi jahon urushiga” olib kelishi mumkin edi, lekin bu sodir bo‘lmaydi. Trampning fikricha, Ukrainadagi to‘liq urushning boshlanishi sobiq prezident Jo Baydenning xato siyosati tufayli yuz bergan.
“Uning davrida Ukraina masalasida Putinning diqqat markazida bo‘lgan, ammo uning amaliyoti ish bermadi. O‘shanda men prezident bo‘lganimda hozir hammasi boshqacha bo‘lar edi”, degan Oq uy rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir u Ukrainadagi urushni to‘xtatishga harakat qilmoqda, uning maqsadi ko‘plab insonlarni qutqarishdan iborat.
Shuningdek, Tramp bugun, 17 oktyabrda Oq uyda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishini ma’lum qilgan. Uchrashuvda AQSH tomonidan Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berish imkoniyati ham muhokama qilinadi. Tramp, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Budapeshtda uchrashuv o‘tkazishi va bu uchrashuv orqali katta yutuqka erishilishini bildirgan.
Trampning aytishicha, Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi munosabatlar “juda yomon”, bu esa ular bilan uchrashuvni tashkil qilishga to‘siq bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 oktyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi delegatsiya AQSHga muzokaralar uchun yetib borgandi. Samolyotdan tushishi bilanoq, Zelenskiyni yomon xabarlar qurshab olgan. Donald Trampning Vladimir Putin bilan Vengriyada uchrashish niyati haqidagi yangilik Kiyevni hayratga solgan.
Live
Barchasi