Uchiga chiqqan firibgar Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Jamiyat

image

Katta miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ayblanuvchi shaxs Interpolning Varshava va Toshkent Milliy markaziy byurolarining hamkorligida 2022 yilning mart oyida Polshada Interpolning Qizil xabarnomasiga aloqador shaxs sifatida hibsga olingan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik uchun qidiruvga berilgan jinoyatchi O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilingan.

Qidiruvdagi shaxs Janubiy Koreyaga ishlash uchun chiqishni rejalashtirgan fuqaroga hujjatlarni rasmiylashtirish va mamlakatga kirishga ruxsat olish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilgan. Bu ishlar esa sarf-xarajat talab qilishini bildirgan. Shu tarzda qisqa vaqt ichida firibgar bir necha kishilarni katta pulga tushirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi so‘rovi qanoatlantirilgandan so‘ng jinoyatchi O‘zbekistonga olib kelingan. Uni oldinda sud kutayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Pol'sha firibgar Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing