“Uchastkoviy”larga gaz, suv, “svet”dan noqonuniy foydalanganlarni jarimaga tortish huquqi beriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan noqonuniy foydalanganlarni IIO tayanch punktlari profilaktika katta inspektorlari va inspektorlar jarimaga tortishi mumkin bo‘ladi. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Loyihada elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish holatlarining aksariyati joylardagi aholi tomonidan sodir etilishini inobatga olib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2453, 248-moddalariga surishtiruvga tegishlilik hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika (katta) inspektorlariga taalluqliligi belgilanmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, 2020 yilning 10 oyi davomida 784 mingta 8,5 trln so‘mlik ijro hujjatlari qonun hujjatlarida qo‘yilgan talablarga javob bermaganligi sababli ularning so‘zsiz, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan.

Mazkur tartibning o‘rnatilishi majburiy ijro jarayonlari tezkorligini ortishiga, qarzdorni aniq identifikatsiya qilish imkoniyati ta’minlash va asossiz cheklovlar qo‘yish holatlari bartaraf etilishi hamda majburiy ijro samaradorligi oshirilishiga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda fraksiya vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz suv

Baholaganlar

142

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing