Uch viloyatda quyosh energiyasi bilan bog‘liq loyihalar amalga oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi davlat-xususiy sherikligi asosida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishi bo‘yicha “Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi boshlanishini e’lon qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, “Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi doirasida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan uchta FES qurilishi rejalashtirilib, ularning investorlari tender natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

Uchinchi loyiha boshlanishi 2021 yil fevral oyiga rejalashtirilgan. FES qurilishi Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yil 18 oktyabr kuni “Scaling Solar 1” loyihasi doirasida Navoiy viloyatida quvvati  100 MVt bo‘lgan FES qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Masdar (BAA) kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Bu boradagi ijobiy natijani hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida konsultatsiya xizmatlarini jalb qilish va Scaling Solar loyihasi bo‘yicha quyosh FESlarining quvvatini 1000 MVtgacha oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.  

Mazkur kelishuv natijasi o‘laroq 2020 yil boshida Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan 2 ta “Scaling Solar 2” FES qurilishi loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilingan edi. Ushbu loyihalar bo‘yicha hozirgi vaqtda tender savdolari amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiya

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing