Uch tumandan o‘qishga kira olmagan abituriyentlar OTMga qo‘shimcha ravishda qabul qilinadi

Jamiyat

image
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi north_east

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi

Joriy yil oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazilgan test sinovlaridan yiqilgan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlaridan bo‘lgan abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Buning uchun abituriyent eng kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak (maksimal 189 ballning 30 foizi) va tibbiyot yo‘nalishlaridan boshqa sohani tanlashi darkor. O‘qishga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi va o‘qishni tugatgandan keyin shu hududlarda kamida 5 yil ishlab berishi lozim. 

Ertaga, 13 noyabrdan boshlab ushbu 3 ta tumanda 4 ta sektor rahbarlari hamda oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirokida yuqoridagi talablar asosida o‘qishga hoxish bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilinmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 2 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonga safari davomida berilgan topshiriqning ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Imkoniyatdan mazkur tumanlarda doimiy yashaydigan abituriyentlar foydalana oladi va ular Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritadigan (tibbiyot yo‘nalishlaridan boshqa) oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilinadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

kirish imtihoni

Baholaganlar

218

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing