Uch aka-uka fuqaroni 673 ming dollarga “uxlatdi”
Jamiyat
−
15 iyun 2019
5163Kecha, 14 iyun kuni Namangan viloyatida fuqaroning naqd 673 ming dollarini olib, aldab ketgan aka-ukalar qo‘lga olindi. Bu haqad IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
2018 yil sentyabr oyida Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani Sohil MFYda yashovchi 44 yoshli M.I. akalari 50 yoshli G‘.I. va 56 yoshli Sh.I. Islomobod mahalla hududida 51 yoshli S.A.ga o‘zlarini Rossiya Federatsiyasida zotdor qoramol boqish hamda sotish savdosi bilan shug‘ullanishlarini va unga 1500 bosh yosh qoramol olib kelib berishlarini aytib, undan 135 ming dollar pulini olishgan. S.A. qolgan 538 000 AQSH dollarini Sh.I.ning Rossiya Federatsiyasidagi bank hisob raqamiga tushirib bergan.
Aka-ukalar pullarni olib, va’dasini bajarmagan, pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Aka- ukalar ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi